Mustaqil Ta'lim
Mustaqil o'rganish uchun belgilangan ilmiy mavzular, referat hamda taqdimot tayyorlash shartlari.
O'quvchilar uchun qo'llanma
Mustaqil ta'lim talabaning mustaqil fikrlashi, ilmiy maqola va ma'lumotlar bilan ishlashi, ijodiy izlanishlarini shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Siz quyida taqdim etilgan mavzulardan birini tanlab, o'sha mavzu bo'yicha mustaqil ish tayyorlashingiz lozim.
Mustaqil ish hisoboti shakli: Ma'ruza matni shaklida konspekt tayyorlash (kamida 10 bet), unga doir vizual taqdimot (PowerPoint, kamida 12 ta slayd) hamda kichik test savollari tuzish talab etiladi.
Mustaqil ish mavzulari ro'yxati (Elektrodinamika):
Elektr maydon va uning asosiy xossalarini hayotiy misollar asosida tahlil qilish
Om qonunining turmushdagi elektr qurilmalari ishlashidagi ahamiyati
Elektr toki ishi va quvvatining maishiy texnikalardagi qo‘llanilishi
Ketma-ket va parallel ulangan o‘tkazgichlarning amaliy qo‘llanish sohalari
Elektromagnit hodisalarning zamonaviy texnika va transportdagi o‘rni
Raqamli ta’lim platformalari yordamida fizika fanini o‘qitishning samaradorligi